JTBD Agency keyslari

Tesori d'Oriente

Tana va uy uchun italyan kosmetikasi · xalqaro brend

06.2025 dan · SMM, Performance, Video, Market Entry

2025-yil iyunidan beri Primavera distribyutori buyurtmasi bilan italyan brendi Tesori d'Oriente’ning O‘zbekistondagi Instagram sahifasini yuritamiz: Reels, storislar, target reklama va o‘yinlar. @tesoridoriente.uz sahifasida 31,5 ming obunachi bor.

01 · Vazifa

Primavera O‘zbekistonga uy va parvarish uchun Yevropa brendlarini olib keladi. Tesori bo‘yicha vazifa oddiy: brendni javonda tanishsin va tez-tez sotib olishsin.

02 · JTBD topilmasi

«Oddiy dush yoki kir yuvish o‘zim uchun kichik marosimga aylanishini, uyim esa men yoqtirgan hid bilan to‘lishini xohlayman».

Dush gelini Toshkentda uy yonidagi istalgan do‘kondan olish mumkin. Tesori’ni kechqurun yana qaytgingiz keladigan hid uchun olishadi. Shuning uchun har bir liniyani o‘z tarixi va ko‘rinishi bor alohida aromat sifatida yuritamiz, tarkib va narxni esa yorliqqa qoldiramiz. Bizningcha, bu toifada odamlar burni bilan tanlaydi.

03 · Yechim

  • Aromat liniyalari bo‘yicha kontent
  • Reels va storislar
  • Meta’da obunachilar, Reels ko‘rishlari va tanlovlar uchun target
  • O‘yinlar va sovg‘alar
  • Chakana hamkorlar va Uzum Market uchun fotobank

04 · Natijalar

  • 31,5 ming — @tesoridoriente.uz obunachilari

JTBD Agency — Toshkentdagi marketing agentligi. Jobs To Be Done metodologiyasi asosida Oʻzbekistonda mahalliy va xalqaro brendlarni ishga tushiradi va rivojlantiradi.

JTBD Agency · JTBD Agency keyslari · +998 93 555 71 02 · Telegram

Made on
Tilda